Руководство
Главная Основные направления деятельности СДС МИД РУ
Turizm va legalizatsiya xizmatlari
03.07.25 10:34
Turizm va legalizatsiya xizmatlari bo‘limi quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi: - turizm va sayyohlik xizmatlarini; - O‘zbekiston Respublikasi TIVning Konsullik-huquqiy departamenti orqali diplomatik vakolatxonalar, xorijiy vakolatxonalar va korxonalarning xodimlari va ular tomonidan taklif etilgan chet ellik shaxslarga vizalarni olishda yordam qiladi; - diplomatik vakolatxonalar, xorijiy vakolatxonalar va korxonalar tomonidan taklif etilgan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi orqali amaldagi vizalarni uzaytirishda yordam koʻrsatadi; - diplomatik vakolatxonalar, xorijiy vakolatxonalar va korxonalar tomonidan taklif etilgan shaxslarga yashash joyi bo‘yicha Toshkent shahar va Toshkent viloyatining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalarining tuman bo‘limlarida vaqtinchalik ro‘yhatga olinishini rasmiylashtirishda yordam koʻrsatadi; - Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarga xorijiy davlatlarga kirish vizalari olishda yordam koʻrsatadi; - O‘zbekiston Respublikasi TIV xodimlari, diplomatik vakolatxonalar, xorijiy vakolatxonalar, korxonalar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun mamlakatning ichki va xalqaro yo‘nalishlardagi aviareyslariga chiptalar olish, bron qilish masalalari bilan shug‘ullanadi; - “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa aviakompaniyalar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish, tariflarni qo‘llash, chegirmalar va imtiyozlar berishni belgilovchi qoidalar, shartlar va qo‘llanmalar asosida aviachiptalarni sotib oladi; - aviachiptalarning narxi, eng afzal marshrutlarni tanlash, alohida tariflar bo‘yicha maslahatlar beradi; - xalqaro va maxalliy aviareyslarga buyurtmalarni (jumladan elektron buyurtmalarni) qabul qilish va aviachiptalarni bron qiladi; - aviachiptalarni qaytarish va almashtirishlarni rasmiylashtiradi; - aivachiptalarni qaytarish shartlari va aviachiptalar qaytarilgan taqdirda qo‘llaniladigan jarimalar haqida mijozlarga ma’lumot beradi.