Rahbariyat

Bosh sahifa Biz haqimizda "DIPTRANSOIL" filiali

bg

«DIPTRANSOIL» filiali faoliyati toʻgʻrisida qisqa maʼlumot

 

“DIPTRANSOIL” filiali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” Davlat unitar korxonasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Filial ixtiyorida Yunusobod tumani, Chinobod koʻchasi, 83-uy manzili boʻyicha qulay joylashgan zamonaviy yoqilgʻi quyish shaxobchasi ish faoliyatini olib boradi.

“DIPTRANSOIL” avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaxobchasi AI-80, AI-92, AI-95, AI-98, hamda dizel yoqilgʻisini kunu-tun dam olish kunlarisiz 24/7 rejimida taklif etadi. Yoqilgʻini sotish shartnomaga asosan pul koʻchirish orqali qulay individual yoqilgʻi plastik kartalaridan foydalangan holda, hamda naqd pul, shu jumladan bank plastik kartalari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Bevosita AYOQSH yonida avtomobillarga keng koʻlamli taʼmirlash ishlarini va texnik xizmat koʻrsatishni taklif qiluvchi avtoservislar majmuasi mavjud. Avtoservisga yuqori malakali va tajribali mutaxassislar jalb qilingan boʻlib, mijozlarga yuqori sifatli texnik xizmatlarni eng maqbul narxlarda taklif qilish imkoniyati yaratilgan. Tez orada avto ehtiyot qismlari doʻkoni ochilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu oʻz navbatida avtotransport vositalariga koʻrsatilayotgan texnik xizmatlarni yaanad tezkorlik bilan amalga oshirishga va mijozlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “DIPTRANSOIL” filiali yakka tartibdagi mijozlar va guruh mijozlar uchun barcha turdagi avtotransport xizmatlarini taklif etadi. Tez orada filial oʻz ixtiyoriga yengil avtotransport vositalari, minivenlar va zamonaviy qulay avtobuslarni qabul qilib olishi rejalashtirilgan. Yoʻlovchi va mehmonlarni kutib olish, olib yurish, kuzatib qoʻyish va manziliga yetkazish qulay transport vositalarida yuqori tajribali malakali haydovchilar tomonidan oʻz vaqtida va talab darajasida amalga oshiriladi.